Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston YAIMi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 7,2% ga o‘sdi — YETB

O‘zbekiston YAIMi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 7,2% ga o‘sdi — YETB

O‘zbekiston YAIMi 2025 yilning birinchi yarim yilligida 7,2% ga o‘sdi — YETB

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yevrosiyo taraqqiyot banki (YETB)ning makroiqtisodiy sharhiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 7,2 foizga oshgan.

Bank tahlilchilari taʼkidlashicha, o‘sish mamlakat iqtisodiyotining barcha asosiy tarmoqlari jadal rivojlanishi, kuchli ichki isteʼmol va eksport hisobiga taʼminlangan.

O‘zbekistonda inflyatsiya barqaror pasayish dinamikasini namoyon etmoqda va maqsadli ko‘rsatkichga yaqinlashib bormoqda, bu esa regulyatorga o‘ta qatʼiy bo‘lmagan, o‘rtacha talabchan pul-kredit siyosatini saqlab turish imkonini bermoqda.

2025 yil mart oyidan buyon mamlakat Markaziy bankining asosiy stavkasi 14 foiz darajasida ushlab turilmoqda va YETB baholashicha, inflyatsiya bosimi pasayishi davom etayotgan sharoitda ushbu daraja yil oxirigacha saqlanib qoladi.

YETB qayd etishicha, mintaqa, jumladan O‘zbekistondagi yuqori investitsiyaviy faollik iqtisodiy o‘sishning qo‘shimcha manbalariga aylanmoqda.

Ichki va tashqi investitsiyalar o‘rtasidagi muvozanatning saqlanishi esa iqtisodiyotning jahon konyunkturasidagi o‘zgarishlarga moslasha olish qobiliyatini taʼminlamoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling