Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 19/06/2025 O‘zbekiston Xitoy bilan sanoat va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish tarafdori

O‘zbekiston Xitoy bilan sanoat va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish tarafdori

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov “Markaziy Osiyo – Xitoy” sanoat va investitsiyaviy hamkorlikning II forumida ishtirok etdi.

Forum Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tdi va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Xitoyning hukumat vakillari va biznes doiralarini birlashtirdi. Tadbirda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish va strategik sohalarga investitsiyalar jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘z nutqida Ilzat Kasimov Xitoyni O‘zbekistonning muhim savdo hamkori va strategik investori sifatida ta’kidlab, mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini qayd etdi. U O‘zbekistonning mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga ochiqligini bildirdi. Ushbu sohalarda salohiyatni birlashtirish global yetkazib berish zanjirlarida munosib o‘rin egallash va mintaqada barqaror o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Forum doirasidagi panel sessiyalarda raqamli transformatsiya, logistika rivoji, agrosanoat va metallurgiya sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Forum B2B va B2G formatidagi uchrashuvlar bilan yakunlandi. Unda tomonlar belgilangan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq amaliy choralarni muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling