Valyuta kurslari 19/02/2026
$1 – 12132.48
UZS – -0,04%
€1 – 14360.00
UZS – -0,14%
₽1 – 159.09
UZS – 0,61%
Qidirish
O'zbekiston xalqaro ekspertlar bilan yer osti suvlarini kompleks boshqarishni muhokama qildi

O'zbekiston xalqaro ekspertlar bilan yer osti suvlarini kompleks boshqarishni muhokama qildi

O'zbekiston xalqaro ekspertlar bilan yer osti suvlarini kompleks boshqarishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tashabbusi bilan “Suv resurslarini integratsiyalashgan boshqaruv sohasida milliy siyosat muloqoti” dasturiga qo‘shilish bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Soliq qo‘mitasi hamda xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va suv bo‘yicha xorijiy ekspert kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirning dastlabki qismi “Yer osti suvlarini boshqarish” mavzusida o‘tdi, unda Kon-geologiya vazirligi vakili tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksida yer osti suvlari” mavzusida taqdimot qilinib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yer osti suvlari bo‘yicha xalqaro grant loyihalari va tadqiqotlar natijalari yuzasidan maʼlumotlar berildi. 

Yig‘ilish yakunida BMT qo‘llab-quvvatlovi bilan suv resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha yangi tashabbuslar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling