Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O'zbekiston vakillari Turkiyaning to'qimachilik va charm-poyabzal sohalariga ixtisoslashgan hududlari salohiyati bilan tanishdi

O'zbekiston vakillari Turkiyaning to'qimachilik va charm-poyabzal sohalariga ixtisoslashgan hududlari salohiyati bilan tanishdi

O'zbekiston vakillari Turkiyaning to'qimachilik va charm-poyabzal sohalariga ixtisoslashgan hududlari salohiyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasi ko'magida "O'zto'qimachiliksanoat", "O'zcharmsanoat" uyushmalari, "Buxoro", "Namangan", "Qo'qon" va "Koson" erkin iqtisodiy zonalari rahbariyati hamda tadbirkorlardan iborat Ishchi guruhlarning 15-19-sentyabr kunlari Turkiyaning Istanbul, Bursa, Izmir, Konya, Denizli, Aydin, Qaxramanmarash va Gaziantep shaharlariga amaliy tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ishchi guruhlar a'zolari "Tirenti", "Eroglu Holding", "Döksan", "Dikicier", "Defacto", "Grand Carpet", "Guven Tekstil", "Elyaf Iplik", "Lyuks Ayakkabi", "Libero" "Dukar Hali" "Atlas Suni Deri", "Sirikçioğlu Grubu", "Kipaş Holding" "Temsan" kabi 85 dan ortiq salohiyatli turk kompaniyalari vakillari bilan B2B shaklidagi muzokaralar o'tkazdi va ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

 

Xorij tomoni bilan to'qimachilik va charm-poyabzal sohalariga ixtisoslashgan hududlarning salohiyati, "sorsing" mexanizmi asosida buyurtmalarni joylashtirish, qo'shma "marketing ofislarini" ochish, ishlab chiqarish quvvatlarini O'zbekistonga "relokatsiya" (ko'chirish) masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida turk kompaniyalari bilan hozirda bo'sh turgan bino-inshootlardan foydalanish, faoliyat yuritmayotgan to'qimachilik va charm-poyabzal korxonalarini tiklash, joriy yilning 7-9-oktyabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan "Uzbek Import Fair 2025" va 28-30-oktyabr kunlari bo'lib o'tadigan "UzCharmExpo 2025" (charm-poyabzal) ko'rgazmalari doirasida Turkiya kompaniyalarining O'zbekistonga safari uyushtirish va hamkorlik shartlarini belgilash  o'g'risida kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, Turkiyaning "Atlas Suni Deri", "Koşak Ayakkabı" va "Lüks Ayakkabıcılık" korxonalari rahbari bilan O'zbekistondan teri mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish yuzasidan ahdlashib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling