O'zbekiston va YOII mamlakatlari tamaki noqonuniy savdosiga qarshi kurashni muhokama qilishdi
O'zbekiston va YOII mamlakatlari tamaki noqonuniy savdosiga qarshi kurashni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozogʻistonning Olmaota shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona hududiga tamaki va nikotinli mahsulotlarni noqonuniy olib kirish hamda ularning bozor aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Ittifoqqa aʼzo davlatlar bojxona xizmatlari vakillari ishtirokidagi tadbirda Markaziy Osiyo mintaqasida noqonuniy tamaki mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashishgi dolzarb masalalar, tahdidlar dinamikasi va samarali amaliyotlar muhokama qilindi.
Unda Bojxona qoʻmitasi mas'ul xodimlari ham ishtirok etib, Oʻzbekiston bojxonasining noqonuniy tamaki va nikotinli mahsulotlarga qarshi kurashdagi ijobiy natijalari, zamonaviy nazorat usullari, bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini raqamlashtirish va tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish jinoyatlarini fosh etish boʻyicha milliy tajribasi boʻyicha taqdimot qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar Japan Tobacco International (JTI) kompaniyasining Qozogʻistondagi fabrikasida boʻlib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi hamda kompaniya vakillari bilan oʻzaro hamkorlikdagi loyihalar boʻyicha fikr mulohazalar almashildi.