Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish niyatida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish niyatida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish niyatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, investitsiyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda izchil rivojlanayotgan hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Alohida eʼtibor amaliy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan aniq qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surish masalalariga qaratildi.

Tomonlar Markaziy Osiyo miqyosida ochilayotgan yangi hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligini taʼkidlab, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sheriklikni yana-da chuqurlashtirishga bo‘lgan o‘zaro sodiqliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling