Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Yaponiya tog‘-kon sanoati sohasida hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Yaponiyaning Mikasa shahri delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mikasa shahri delegatsiyasi Yaponiyada ko‘mir ishlab chiqish qayta ishlash, yer ostida karbonat angidridni saqlash sohasida olib borilayotgan ilmiy ishlari yuzasidan taqdimot qildi.
Shuningdek, ishtirokchilar ko'mirni yer osti gazlashtirish orqali vodorod ishlab chiqarish sohasida bajarilgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida hamkorlikni davom ettirish, innovatsion loyihalar yuzasidan fikr almashildi.