O‘zbekiston va Yaponiya kelasi besh yil ichida 10 ming nafar o‘zbekistonlikni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huzuridagi Migratsiya agentligi hamda “Japan-China-Asia Medical Educational Cultural Exchange General Incorporated Association” (JCAEMCE) tashkiloti bilan hamkorlik kelishuvi imzolanib, “Yaponiyaga 10 ming nafar o‘zbek mutaxassislarni jalb qilish loyihasi”ga start berildi.
Tayyorgarlik O‘zbekistonda boshlanadi:
“Yapon Mahorat Nuri” kurslari Toshkent shahri, Samarqand va Namangan viloyatlarida ochiladi.
U yerda yapon tili, malaka imtihonlariga tayyorgarlik va ishga joylashish uchun kerakli ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Shuningdek, WiseBridge maxsus onlayn platformasi orqali Yaponiyadagi bo‘sh ish o‘rinlarini tanlash va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyati yaratilmoqda. Ushbu platforma 2025 yil iyun oyida faoliyatni boshlaydi.
"O‘zbekiston - yoshlar soni jadal o‘sib borayotgan, mehnat bozorida katta salohiyatga ega mamlakat sifatida Yaponiyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi ishonchli hamkorlaridan biriga aylanmoqda", - dedi Yaponiya sobiq bosh vaziri, JCAEMCE tashkiloti rahbari Yukio Hatoyama.