Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Yaponiya AT-autsorsing, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni muhokama qildi

O‘zbekiston va Yaponiya AT-autsorsing, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni muhokama qildi

O‘zbekiston va Yaponiya AT-autsorsing, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “ICT Week Uzbekistan – 2025” doirasida O‘zbekiston–Yaponiya AKT forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahridagi CAEX majmuasida tashkil etilib, davlat idoralari, biznes vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda yetakchi universitetlar ishtirok etdi.

Forumda O‘zbekistondan Yaponiyaga AT-autsorsing, kadrlar tayyorlash masalalari, qo‘shma ta’lim tashabbuslari va raqamli iqtisodiyotdagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Yaponiyaning METI, JETRO, Toyota Susho, Japan Digital University va boshqa nufuzli tashkilotlari vakillari O‘zbekistonning kuchli matematika maktabi, xorijiy tillarni o‘qitish tajribasi hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralarini yuqori baholab, mamlakatimizni Yaponiya kompaniyalari uchun strategik hamkor sifatida e’tirof etdilar.

Tadbir davomida Toshkent shahrida BPO markazlarini tashkil etish, ta’lim xabini rivojlantirish va AT sohasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etildi.

Mazkur forum O‘zbekistonning xalqaro AT-autsorsing va global AT-mutaxassislarni tayyorlash jarayonida tobora muhim tutashuv nuqtasiga aylanib borayotganini yaqqol namoyon etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling