Valyuta kurslari 29/10/2025
$1 – 12004.47
UZS – -0,41%
€1 – 13993.61
UZS – -0,24%
₽1 – 150.22
UZS – -1,45%
Qidirish
O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Xorvatiya o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 28-oktabr kuni “O‘zbekiston-Xorvatiya” va “Xorvatiya-O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv chog‘ida mamlakatimizning Xorvatiya bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi, turizm, taʼlim sohalaridan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qonun ijodkorligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, shuningdek, qo‘shma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va IT-loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorvatiya parlamenti vakillari yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kabi yo‘nalishlarda sheriklikni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling