Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va Xitoy yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi markazini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston va Xitoy yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi markazini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston va Xitoy yuqori texnologiyali qishloq xo‘jaligi markazini ishga tushirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yuqori Chirchiq tumanida O‘zbekiston milliy “Yangling” qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki poydevori qo‘yildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbarlari, Qishloq xo‘jaligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari vakillari, Toshkent viloyati hokimi, ilmiy-tadqiqot institutlari, Xitoy delegatsiyasi, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur loyiha O‘zbekiston hukumati va Xitoyning “Yangling Modern Agriculture International Cooperation Group Co., Ltd.” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Uning maqsadi — zamonaviy agrotexnologiyalar, ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirgan ilg‘or agrosanoat markazini yaratishdir.

116,5 gektarlik hududda sanoat va demonstratsion maydonlar, dron va robot texnologiyalari sinov markazlari, “aqlli sug‘orish” tizimlari, 3D ekish laboratoriyalari hamda sovuq zanjirli logistika infratuzilmalari barpo etiladi.

Shuningdek, Xitoy, Yaponiya va Italiya tajribasi asosida O‘zbekiston olimlari bilan hamkorlikda yangi paxta, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori va uzum navlari yaratiladi. 500 gektar maydonda pomidor, yong‘oq va quruq mevalarni yetishtirish va qayta ishlash, 5 ming gektarda esa qattiq bug‘doy ekish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Natijada yangi ish o‘rinlari yaratiladi, eksport salohiyati oshadi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fan, texnologiya va ishlab chiqarish integratsiyasining yangi bosqichiga chiqadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling