Valyuta kurslari 27/08/2025
$1 – 12354.65
UZS – 0,4%
€1 – 14384.52
UZS – -0,03%
₽1 – 153.93
UZS – 0,9%
Qidirish
Texnologiyalar 27/08/2025 O‘zbekiston va Xitoy raqamli texnologiyalar va elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Xitoy raqamli texnologiyalar va elektron tijorat sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov Xitoy Xalq Respublikasining Elektronika savdo palatasi (СЕСС) Prezidenti Van Ning boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomon o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron savdo va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Dastlab, mehmonlarga IT Park Uzbekistan faoliyati va mamlakatda IT-ekotizimni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilindi. Shuningdek, UZINFOCOM markazi faoliyati, elektron hukumat tizimlarini boshqarish sohasidagi loyihalar tanishtirildi.

Delegatsiya vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarga yuqori baho berib, elektron tijorat, axborot texnologiyalari va qo‘shma innovatsion tashabbuslarda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarni ko‘rib chiqdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling