Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari infratuzilma loyihalari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4 noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov hamda “O‘zsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Nodir Xodjamov Xitoyning yetakchi qurilish xoldinglaridan biri — “Shaanxi Construction Engineering Group (SCG)” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida qurilish, infratuzilma, energiya tejamkor materiallar va innovatsion loyihalar sohasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida 50 ming kublik va Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 25 ming kublik suv tozalash inshootlari qurilishi bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur loyiha O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ilk bor amalga oshirilayotgan tashabbus bo‘lib, mahalliy mahsulotlarni eksport bozoriga chiqarish imkoniyatini kengaytiradi.

Kompaniya ushbu loyihalarni davlat-xususiy sherikchilik asosida 10 yildan 20 yilgacha moliyalashtirish va boshqarish modelida amalga oshirishni taklif etdi.

Shaanxi Construction Engineering Group (SCG) — Shensi viloyatida joylashgan yirik davlat kompaniyasi bo‘lib, 460 dan ortiq filial, 12 xorijiy vakolatxona va 120 mingdan ziyod xodimga ega.

Kompaniya fuqarolik, sanoat, transport, energetika va gidroinjenerlik obyektlarini qurishda katta tajribaga ega bo‘lib, dunyo bo‘ylab yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilashga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling