Valyuta kurslari 25/07/2025
$1 – 12653.48
UZS – -0,85%
€1 – 14871.64
UZS – -0,71%
₽1 – 159.75
UZS – -1,79%
Qidirish
Moliya 26/07/2025 O‘zbekiston va Xitoy bank nazorati sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar

O‘zbekiston va Xitoy bank nazorati sohasida hamkorlik memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy bank va Xitoy Moliyaviy nazorati va boshqaruvi bo’yicha davlat boshqarmasi o‘rtasida bank nazorati sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, bank tizimi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohalarida axborot almashish, shuningdek, Xitoy banklarining O‘zbekiston moliya bozorida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga xizmat qiladi.

Tomonlar Memorandum doirasida o‘zaro maslahatlashuvlar, moliyaviy va bank nazorati sohasida tajriba almashishga va qo‘shma tadbirlar tashkil etishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling