O‘zbekiston va Xitoy Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston ishlari bo‘yicha Maxsus vakili Yue Syaoyun bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv mobaynida mintaqa va dunyoda voqealar rivojining tez sur’atlarda o‘sib borayotganini hisobga olgan holda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro sa’y-harakatlarning holati hamda Afg‘oniston yo‘nalishida bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni muhokama qildilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Toshkent va Pekin o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini tasdiqladi.