Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 06/04/2025 O‘zbekiston va Vyetnam: parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Vyetnam: parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Chan Txan Man bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Vyetnam o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Muloqot chog‘ida ikki davlat parlamentlari o‘rtasida muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat yoshlar parlamentlari ishlarini faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Milliy Majlisi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling