O‘zbekiston va Vengriya sport tibbiyoti va kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Sport vaziri Adkham Ikramov Vengriyaga xizmat safari davomida ushbu davlatning Semmelweis universiteti rektori professor Bela Merkely bilan uchrashdi.
"Semmelweis" universiteti tibbiyot, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohasidagi natijalari bilan dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega.
Muzokaralar davomida ikki davlat o'rtasidagi ijtimoiy sohada aholini qoʻllab-quvvatlash, tibbiyotda kadr va menejerlarni tayyorlash, sport tibbiyotida sportchilar sog'lig'ini kuzatib borishda samarali ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda vazir Adkham Ikramov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatda sport
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholining 44 foizi faol sog'lom turmush tarzini olib borayotganligi, sport infratuzilmasi tobora rivojlanib borayotganligi, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning ommaviy sportni rivojlantirishdagi ahamiyati xususida ma’lumot berdi.
Ta’kidlash joizki, Vengriyada ham sport sohasi keng rivojlangan. Bugungi kunda mamlakat aholisining 40 foizi sport bilan faol tarzda shugʻullanadi.
Uchrashuv davomida oʻzaro hamkorlikning muhim masalalari keng muhokama qilindi.