Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 10/05/2025 O‘zbekiston va Vengriya iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlikni faollashtiradi

O‘zbekiston va Vengriya iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlikni faollashtiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 7-8 may kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Ishchi guruhi Vengriyada bo‘ldi.

Tashrif davomida ushbu mamlakat hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator konstruktiv va samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Asosiy eʼtibor savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni kengaytirish, oʻzaro hamkorlikning yangi istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etish masalalariga qaratildi.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, logistika va farmatsevtika kabi muhim tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv va muzokaralar yakunlari bo‘yicha Ishchi guruh O‘zbekiston-Vengriya strategik hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash uchun asos bo‘ladigan loyihalarning ro‘yxatini shakllantirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling