O‘zbekiston va Vengriya bandlik va kasb-hunar ta’limi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov Vengriya Milliy iqtisodiyot vaziri Marton Nad boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Unda kasb-hunarga o‘qitish, bandlik va mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Vengriya tomoni “Glass Gates” kabi raqamli tizimlar orqali mehnat bozorini nazorat qilish, ish haqi to‘lovlarini rasmiylashtirish, mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikni tartibga solish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv so'nggida o'zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlashga kelishib olindi.