Valyuta kurslari 04/12/2025
$1 – 11912.38
UZS – 0,26%
€1 – 13873.16
UZS – 0,57%
₽1 – 153.39
UZS – 0,07%
Qidirish
O‘zbekiston va Vengriya agrar va hududiy rivojlanish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Vengriya agrar va hududiy rivojlanish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Vengriya agrar va hududiy rivojlanish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya davlat boshqaruvi va hududiy rivojlanish vaziri Tibor Navrachich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa qishloq xo‘jaligi va hududiy rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Muloqot avvalida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, qo‘shma loyihalarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yuzasidan keng qamrovli fikr almashildi. Tomonlar, ayniqsa, agrar ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidlab, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Uchrashuvda qishloq hududlarida kambag‘allikni qisqartirish, aholining bandligini oshirish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar uchrashuv kun tartibining asosiy mavzusini tashkil etdi. Muloqot davomida ushbu yo‘nalishda ishlab chiqilayotgan zamonaviy mexanizmlar, ularning amaliy natijalari ham atroflicha muhokama qilindi.

Vazir O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida aholiga yaratilayotgan qo‘shimcha daromad manbalari va innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning qishloq xo‘jaligi sohasiga kirib kelishiga ko‘maklashuvchi startap loyihalarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yosh mutaxassislar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning bilim va ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etish orqali qishloq joylarida barqaror rivojlanishga erishish masalalari ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish, mahalliy darajada boshqaruvning samaradorligini oshirish bo‘yicha Vengriyaning ilg‘or tajribasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan, ikki tomon ekspertlari ishtirokida institutsional boshqaruv, mahalla tizimi faoliyatini raqamlashtirish va samaradorlikni oshirish bo‘yicha alohida ishchi guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Shuningdek, tomonlar qishloq xo‘jaligida ma’lumotlar boshqaruvi, agrotexnik jarayonlarni monitoring qilish, yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha Vengriya bilan hamkorlikni kuchaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Tomonlar kelgusida o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar almashinuvi, qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish va investitsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling