Valyuta kurslari 01/07/2025
$1 – 12694.97
UZS – 0,32%
€1 – 14878.50
UZS – 0,41%
₽1 – 161.60
UZS – 0,26%
Qidirish
O‘zbekiston 07/02/2025 O‘zbekiston va Ummon iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Ummon iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 5 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Ummonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo al-Busaidi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlik istiqbollari, jumladan, kelgusida O‘zbekistonda grantlar va moliyaviy-texnik ko‘mak jalb qilingan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Asosiy eʼtibor sog‘liqni saqlash, taʼlim, qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va boshqa muhim sohalarda loyihalarni amalga oshirishga qaratilishiga kelishib olindi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling