Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston va Ummon farmatsevtika sanoatiga investitsiyalar va Tashkent Pharma Parkni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va O‘zbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kompaniya vakillari sog‘liqni saqlash sohasi ular uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini taʼkidlab, farmatsevtika sohasiga investitsiya kiritish niyati borligini maʼlum qildilar.

Agentlik direktori tomonidan “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri, uning biznes muhiti va investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muzokaralar jarayonida quyidagi masalalar muhokama etildi:

O‘zbekiston farmatsevtika bozorining hajmi va eksport-import ko‘rsatkichlari;

Jenerik va original dori vositalari ishlab chiqarish imkoniyatlari;

Sohada kadrlar tayyorlash va taʼlim tizimi;

Distribyutorlar faoliyatini tartibga solish mexanizmlari;

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro axborot almashish, hamkorlikni rivojlantirish va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling