Valyuta kurslari 21/08/2025
$1 – 12466.44
UZS – -0,47%
€1 – 14517.17
UZS – -0,77%
₽1 – 155.42
UZS – -0,35%
Qidirish
Iqtisod 21/08/2025 O‘zbekiston va Ummon energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Ummon energetika, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSV rahbari Laziz Kudratov Maskat shahrida Ummon davlat va ishbilarmon doiralarining yuqori martabali vakillari: Ummonning Savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Qays Al Yusuf, Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdussalom Al Murshidiy, Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Ali Al Abriy, shuningdek, Suhail Bahwan Group, Sohar International Bank, Oman Cables, Asyad Group, MB Holding va mamlakatning boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

O‘zbek tomoni neft-gaz kimyosi, energetika, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati, logistika va turizm sohalaridagi tayyor loyihaviy tashabbuslarni taqdim etdi. O‘zbekistonning investitsiya muhitiga oid amaliy jihatlar – investorlarni himoya qilish kafolatlari, soliq va bojxona imtiyozlari, sanoat zonalaridagi preferensiyalar hamda strategik loyihalar uchun maxsus tartibotlar batafsil tushuntirildi.

Muzokaralar yakunida ustuvor tarmoqlarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga tayyorligini bildirdilar. Bunda asosiy e’tibor qo‘shma investitsiyalar, infratuzilmani rivojlantirish va savdoni diversifikatsiya qilishga qaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling