Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
O‘zbekiston va Tyumen viloyati o‘rtasida sanoat va investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Tyumen viloyati o‘rtasida sanoat va investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston va Tyumen viloyati o‘rtasida sanoat va investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.v.b. Odilxon Rustamov Tyumen viloyati Savdo-sanoat palatasi ittifoqi vakillari — Prezident maslahatchisi Vladimir Dolgushin hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat markazi direktori Oksana Skrauch boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki hudud korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, mavjud hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Muzokaralarda qurilish va loyihalash, elektrotexnika, transport, tog‘-kon va geologiya, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat sanoati kabi qator sohalarda hamkorlikni kengaytirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Shuningdek, joriy yil 20–22 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat forumi doirasida hamkorlikni faollashtirish, tadbirkorlar ishtirokini kengaytirish va aniq kelishuvlarga erishish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya va ishlab chiqarishga oid qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling