Valyuta kurslari 17/11/2025
$1 – 12039.61
UZS – 0,45%
€1 – 13992.43
UZS – 0,5%
₽1 – 149.17
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston va Turkmaniston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkmaniston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Turkmaniston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida strategik hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-noyabr kuni Toshkent shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Bayramgul Orazdurdiyeva va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar uchun manfaatli bo‘lgan sohalarda kadrlar tayyorlash, tajriba almashish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, quyidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi:

o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qisqa muddatli stajirovkalar, "Erazmus+" dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni ko‘paytirish;

qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

"WorldSkills – 2026" tadbirini O‘zbekistonda Turkmaniston bilan hamkorlikda o‘tkazish;

qishloq xo‘jaligi, sug‘orish texnologiyalari, cho‘l hududlarini melioratsiyalash, yashil energetika, suv resurslarini boshqarish, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kabi sohalarda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, akademik mobillikni kengaytirish va texnoparklar hamkorligini kuchaytirish.

B. Orazdurdiyeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan do‘stona munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, soha bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tashkil etish va 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling