Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 22/08/2025 O‘zbekiston va Turkiya to‘qimachilik korxonalari hamkorlik qilmoqda

O‘zbekiston va Turkiya to‘qimachilik korxonalari hamkorlik qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi va "Arikan Group" kompaniyasi hamkorligida "Kipaş Holding", "Molcem Nano", "Elif Iplik" kabi yetakchi to‘qimachilik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir 2025 yil 21 avgust kuni Turkiyaning Qahramanmaraş viloyatida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, unda ikki davlat korxonalari o‘rtasidagi mavjud hamkorlik, yangi investitsiya loyihalari va bozor imkoniyatlari muhokama qilindi.

"Molcem Nano" kompaniyasi ishlab chiqarishining bir qismini Chirchiq texnoparkiga ko‘chirgani, "Elif Iplik" esa O‘zbekistonga eksport va qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

"Arikan Group" bilan O‘zbekistonda qo‘shma ishlab chiqarish, R&D faoliyati va Turkiyada marketing ofislarini ochish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik universiteti bilan milliy liboslar dizayniga bag‘ishlangan biennale o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Turk kompaniyalari 2025 yil 9–11 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "TextileExpo" ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga biznes-missiya bilan tashrif buyuradi. Hamkorlik ishlab chiqarish, innovatsiya va madaniy almashinuv sohalarini o‘z ichiga oladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling