Valyuta kurslari 02/10/2025
$1 – 12084.10
UZS – 0,14%
€1 – 14197.61
UZS – 0,4%
₽1 – 146.72
UZS – 0,74%
Qidirish
O‘zbekiston va Turkiya kasbiy malaka va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Turkiya kasbiy malaka va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Turkiya kasbiy malaka va bandlik sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri o‘rinbosari Faruk O‘zchelik hamda sohaga oid mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar kasb-hunar ta’limi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, Yevropa malakaviy doirasiga (EQF) muvofiq malaka standartlarini ishlab chiqish, Turkiya tajribasi asosida Toshkent shahrida Malakalarni baholash markazini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.

Turkiya kasbiy malakani baholash agentligi direktori Ashkin Toren bilan alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhokama chog‘ida O‘zbekistonda turk kasbiy standartlarini joriy etish, sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘zaro tan olish tizimini yo‘lga qo‘yish, o‘zbek-turk qo‘shma malaka baholash markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari kasbiy malakani baholash bo‘yicha amaliy imtihonlarda ham qatnashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling