Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
O‘zbekiston va Tojikiston telekommunikatsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasining Dushanbe shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Aloqa xizmati boshlig‘i Isfandiyori Sa’dullo o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, chegaraoldi hududlarda aloqa tizimlari barqarorligini ta’minlash hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Jumladan, telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantirish, qo‘shimcha ulanish nuqtalarini tashkil etish, ma’lumotlar uzatish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, telekommunikatsiya sohasini rivojlantirish va raqamli aloqani takomillashtirish, texnik hamkorlikni kuchaytirish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling