O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari uchrashuv o‘tkazdilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Yetakchilar O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
O‘zaro savdoni ko‘paytirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rish, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar va samarali hududlararo aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
#Shavkat Mirziyoyev