Valyuta kurslari 16/12/2025
$1 – 12130.01
UZS – 0,27%
€1 – 14245.48
UZS – 0,36%
₽1 – 153.04
UZS – 0,84%
Qidirish
O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Tojikiston parlamentlararo hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tojikiston Respublikasi Majlisi namoyandagon Majlisi Oli Raisining o‘rinbosari G‘iyozoda Aziz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Tojikiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining yaqin qo‘shnisi va strategik sherigi ekani taʼkidlandi.

Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlar mamlakatlarning strategik sherikligini izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishining ahamiyati va uning natijalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Parlamentlar yuqori palatalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha komissiyaning samarali faoliyati qayd etildi.

 Senat Raisi Tojikiston tomonini 13-14-oktabr kunlari Dushanbe shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasining yalpi majlisi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston parlament delegatsiyasini Tojikiston Respublikasi Prezidenti qabul qilgani ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va konstruktiv hamkorlikning yuksak darajasidan dalolat ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash, hududlararo muloqotni kuchaytirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini kengaytirish, qonunchilik tajribasi almashinuvi hamda savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ekologiya sohalaridagi o‘zaro aloqalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling