Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-19-dekabr kunlarida Tailandning Bangkok shahrida “Tailand Halol Assambleyasi-2025” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Tailandning nufuzli Chulalongkorn Universiteti huzuridagi “Halol ilm-fan markazi” o‘rtasida 2026–2027 yillarda muvofiqlikni baholash sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi.

Mazkur hujjat muvofiqlikni baholash, halol standartlarini joriy etish, sinov va sertifikatlashtirish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Tadbir davomida halol sohasida ilmiy yondashuvga bag‘ishlangan taqdimot ham namoyish etildi. Unda halol mahsulotlar ishlab chiqarish va baholashda ilmiy-tadqiqot asoslarining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, halol sohasidagi yangi yo‘nalish — “Yashil halol” konsepsiyasi rasman taklif qilindi. Ushbu konsepsiya ekologik barqarorlik, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish va mas’uliyatli ishlab chiqarish tamoyillarini halol talablari bilan uyg‘unlashtirishni ko‘zda tutadi. “Yashil halol” yondashuvi farmatsevtika korxonasi misolida amaliy taqdimot orqali namoyon etildi.

Taqdimotlarda halol tizimining asosiy elementi sifatida laboratoriyalarning o‘rni alohida qayd etildi. Sifatli laboratoriya tahlillari halol muvofiqlikni ishonchli baholashning asosi ekani ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, halol muvofiqlikni baholashda blokcheyn texnologiyalarini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi. Ushbu yondashuv jarayonlarning shaffofligi, ma’lumotlarning himoyalanganligi va ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Imzolangan “Yo‘l xaritasi” O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida halol hamda muvofiqlikni baholash sohasida strategik hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, innovatsion va ekologik yo‘nalishlarni joriy etish uchun muhim qadamlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling