O'zbekiston va TÜV NORD sertifikatlash va Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirishni muhokama qilishdi

O'zbekiston va TÜV NORD sertifikatlash va Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirishni muhokama qilishdi

O'zbekiston va TÜV NORD sertifikatlash va Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-martdagi ish rejasiga muvofiq ISSV vaziri Laziz Kudratov sertifikatlashtirish, inspeksiya va texnik nazorat sohasida jahon yetakchisi hisoblangan TÜV NORD kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

TÜV NORD – mahsulotlar va menejment tizimlarining xalqaro standartlarga, jumladan, Yevropa Ittifoqi bozorlari talablariga muvofiqligini baholash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, sertifikatlashtirish hamda texnik nazoratga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tashkilotdir.

Muzokaralar davomida tomonlar muvofiqlikni baholash va sertifikatlashtirish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish hamda ularning xalqaro mezonlarga javob berishini ta’minlash masalalarini muhokama qildilar.

Davlat-xususiy sheriklik asosida TÜV NORD kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarga tayyorlash, xalqaro standartlarni joriy etish va sinov bazasini takomillashtirish choralariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida mahalliy hamkorlar bilan birgalikda inspeksiyalar o‘tkazish va xalqaro sertifikatlar berish, kelgusida esa kompaniyaning mamlakatimizdagi rasmiy filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling