Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Surinam diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Surinam rasman diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Nyu-York shahrida ikki tomonlama diplomatik aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risidagi kommyunike imzolandi.
Hujjatga O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Surinamning BMTdagi doimiy vakili Sunil Algram Sitaldin imzo chekdi.
Shu tariqa, Surinam O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 158-davlatga aylandi.