Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Startap Genome startap ekotizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Startap Genome startap ekotizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Startap Genome startap ekotizimini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQShga xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov Startup Genome Hypergrowth Global kompaniyasi prezidenti Garri Oliver bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash va ularni jahon bozoriga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, venchur investorlar va xalqaro akseleratorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, texnologik zanjir yaratish hamda barqaror o‘sish uchun zarur shart-sharoitlar shakllantirishga urg‘u berildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda tomonlar yaqin kunlarda amaliy hamkorlikni boshlash va hamkorlik shartnomasi loyihasini imzolashga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling