Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va Sloveniya asalarichilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Sloveniya asalarichilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Sloveniya asalarichilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari Sloveniyaning asalarichilik bo‘yicha yetakchi olim va mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Suhbat chog‘ida tomonlar asalarichilik sohasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda, shuningdek, BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan amalga oshirilayotgan “Global asalarichilik va asal ishlab chiqarish sohasida bilimlar va ko‘nikmalar almashinuvi” loyihasi doirasidagi ishlarni rivojlantirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Ta’kidlandiki, bu tashabbus asalarichilik sohasidagi bilim va innovatsiyalarni keng tarqatish, qishloq hududlarida bandlikni oshirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Muloqot davomida tomonlar asalarichilik mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini izlash va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida Toshkent davlat agrar universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda sloveniyalik olimlar asalarichilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar va talabalarga o‘z tajribalarini taqdim etdilar.

Seminar ishtirokchilari Sloveniyada asal yetishtirishda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, mahsulot sifatini nazorat qilish va eksportga tayyorlash tizimi haqida atroflicha ma’lumot oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling