O‘zbekiston va Slovakiya parlamentlararo guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Slovakiya parlamentlararo guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12 dekabr kuni “O‘zbekiston-Slovakiya” va “Slovakiya-O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlari a’zolarining onlayn shaklda uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlash, parlamentlararo muloqotni kengaytirish va hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlik borasida takliflar bildrildi.
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Slovakiya Milliy Kengashi bilan qonunchilik faoliyati, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash, shuningdek, davlat va iqtisodiy rivojlanishning turli sohalarida huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik olib borish hamda tashriflar va tajriba almashish kabilar shular jumlasidan.
Uchrashuv so‘nggida bunday uchrashuvlarning muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.