Valyuta kurslari 17/10/2025
$1 – 12160.99
UZS – -0,59%
€1 – 14178.50
UZS – -0,39%
₽1 – 153.92
UZS – -0,59%
Qidirish
O‘zbekiston va SLB neft va gaz sanoatida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va SLB neft va gaz sanoatida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston va SLB neft va gaz sanoatida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati hamda AQSHning SLB kompaniyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarida erishilgan natijalar muhokama qilindi.

Xususan, Ustyurt mintaqasi konlarini boshqarish bo‘yicha bitim (Field Management Agreement, FMA) hamda neft-gaz konlarida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma (MSA) ijrosi holati va ularni amaliy rivojlantirish bo‘yicha rejalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida kompaniya faoliyatida raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan uchta shartnoma imzolandi. Jumladan, ulardan biri generativ sun’iy intellekt (GenAI) texnologiyalariga asoslangan yechimlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlari hamda geologik ma’lumotlarni tahlil qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini yaratadi.

Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbarining Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Tashrif chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ yetakchi xalqaro kompaniyalar, jumladan SLB bilan ham bir qator muzokaralar o‘tkazgan edi.

Tomonlar raqamlashtirish, innovatsiyalar hamda sohani barqaror rivojlantirish yo‘nalishlaridagi strategik tashabbuslarni amalga oshirish va mavjud sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling