Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va SinoPowell Capital konchilik sanoatida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda SinoPowell Capital (AQSh) kompaniyasi boshqaruvchi direktori Stiv Pauell bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ loyihalari, istiqbolli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.