Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Shvetsiya xalqaro migratsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi rahbariyati hamda Shvetsiya Qirolligi Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori Sofiya Ostmark o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Konstruktiv muloqotda ikki tomonlama uzoq muddatli hamkorlik masalalari, jumladan migratsiya sohasidagi o‘zaro aloqalar muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda fuqarolarimizni rivojlangan davlatlarga qonuniy va muhofazalangan mehnatga yo‘naltirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.