Valyuta kurslari 27/11/2025
$1 – 11881.60
UZS – -0,46%
€1 – 13749.39
UZS – -0,14%
₽1 – 151.05
UZS – -0,34%
Qidirish
O‘zbekiston va Shvetsiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Shvetsiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Shvetsiya savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Stokgolm shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Shvetsiya Riksdagi (parlamenti) vitse-spikeri Yuliya Kronlid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida parlamentlararo aloqalarning holati va istiqbollari hamda ijtimoiy sohada loyihaviy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shved parlament a’zosi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U mazkur islohotlar bilan joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning yubiley sessiyasida ishtirok etgan chog‘ida yaqindan tanishganini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling