Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Shvetsiya ta’lim vazirligi davlat kotibi Oskar Voglund Syoderstrуm bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ta’lim tizimini inklyuziv va baror rivojlantirish, yoshlarning ilmiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘zaro o‘rganish muhim ekanini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlash va ikki mamlakat ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling