Valyuta kurslari 02/06/2025
$1 – 12790.43
UZS – 0,17%
€1 – 14486.44
UZS – 0,6%
₽1 – 162.60
UZS – -0,02%
Qidirish
Texnologiyalar 31/05/2025 O‘zbekiston va Shvetsiya IT va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Shvetsiya IT va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander boshchiligidagi delegatsiya IT Park Uzbekistan’ga tashrif buyurdi. Dastlab delegatsiyasi uchun IT Park vakillari tomonidan taqdimot tashkil etildi, shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Yagona integrator – UZINFOCOM bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Delegatsiya O‘zbekistondagi rivojlangan infratuzilma va AKT sohasidagi so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishdi.

U yerda raqamlashtirish sohasidagi yutuqlar hamda mamlakatni xalqaro IT-xabga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va raqamli transformatsiyani jadallashtirish borasidagi maqsadlar namoyish etildi. UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MYID Vision va MYID Palm innovatsion mahsulotlar taqdim etildi.

Tashrifning asosiy qismida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi Savdo siyosati departamenti bosh direktori Kamilla Mellander bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sh. Shermatov vazirlikning kelgusidagi maqsadlari haqida qisqacha ma’lumot berdi hamda yurtimizda AKT sohasi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy drayveri ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, vazir Zero Risk dasturi va IT-Park rezidentlari uchun soliq imtiyozlari haqida so‘z yuritdi. U, shuningdek, xorijiy kompaniyalar uchun mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan Enterprise Uzbekistan loyihasi haqida ma’lumot berdi.

O‘z navbatida, Kamilla Mellander O‘zbekistonning AKT sohasida erishgan yutuqlarini yuksak baholadi va vazirlikning ushbu sohadagi jadal rivojlanishini e’tirof etdi.

Tomonlar O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek startaplariga investitsiya jalb qilish uchun Shvesiyadagi maydonlarga chiqish imkonini yaratish kabi sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar samarali muloqot uchun bir-birlariga minnatdorlik bildirishdi va uzoq muddatli, samarali hamkorlikka umid bildirishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling