O‘zbekiston va SHHT: ko‘p qrrali hamkorlik istiqbollari
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — SHHT 24 yil ichida muhim shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va zamonaviy xalqaro meʼmorchilikning muhim qismiga aylandi. Bugungi kunda SHHT Yevroosiyoning barqarorligi va rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan obro‘li va nufuzli birlashmadir. Tashkilotga aʼzolik 6 tadan 26 ta ishtirokchiga (10 ta aʼzo-davlat, 2 ta kuzatuvchi, 14 ta muloqot bo‘yicha sherik) ko‘paydi va SHHTga bo‘lgan qiziqish o‘sishda davom etmoqda. Xalqaro hamjamiyat Tashkilotni tinchlik va barqarorlikka qaratilgan saʼy-harakatlarni birlashtiruvchi kuch sifatida eʼtirof etadi.
Bizning fikrimizcha, SHHTning yutuqlari, uning tobora o‘sib borayotgan salohiyati va xalqaro nufuzi ko‘p jihatdan qator muhim shartlarga rioya etilishi tufayli sodir bo‘ldi.
Birinchidan, aʼzo-davlatlarning «Shanxay ruhi» asosiy tamoyillariga –o‘zaro ishonch, o‘zaro manfaat, tenglik, o‘zaro maslahat, madaniy xilma-xillikni hurmat qilish va umumiy rivojlanish istagiga qatʼiy rioya qilishidir. SHHT faoliyati muloqot va ishonchga asoslangan bo‘lib, qarorlar yakdillik va murosa asosida qabul qilinadi.
Ikkinchidan, blokdan tashqari maqom, ochiqlik, uchinchi davlatlar yoki tashkilotlarga qarshi turmaslik, ishtirokchilarning tengligi va suverenitetini hurmat qilish, bu– SHHT xalqaro huquqiy jozibadorligining kafolati. Bu, SHHTga «tanlangan yirik davlatlar klubi» bo‘lishiga imkon bermadi, balki uni turli mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro aloqa qilishga tayyor bo‘lgan ochiq birlashmaga aylantirdi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo kengayish jarayonlariga qaramay, SHHTning «geografik yadrosi» bo‘lib qolmoqda, bu barcha aʼzo-davlatlar o‘rtasidagi muhim o‘zaro bog‘liqlik bo‘lib, eʼtibor va resurslarni tarqatishga imkon bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasi SHHTning asoschi-davlatlaridan biri bo‘lib, Tashkilotning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mamlakatimiz SHHTga 2003–2004, 2009–2010, 2015–2016 va 2021–2022 yillarda – jami to‘rt marta raislik qildi. O‘zbekiston tomoni saʼy-harakatlarini SHHTning normativ-huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlash, shuningdek, aʼzo-davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga yo‘naltirdi.
2017 yildan Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligi ostida O‘zbekiston SHHT doirasida hamkorlikni tashabbuskorlik bilan rivojlantirishga kirishdi. So‘nggi 7 yil ichida mamlakatimiz rahbari xavfsizlik, sanoat va texnologik kooperatsiya, o‘zaro transport-logistika aloqasi, innovatsiyalar, raqamli hamda “yashil” rivojlanish, turizm, taʼlim va boshqa sohalardagi ham- korlikni rivojlantirishga qaratilgan 70 ga yaqin muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Bugungi kunda ushbu tashabbuslar SHHTning dasturiy va konseptual hujjatlarida, ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi mexanizmlari ko‘rinishida izchil amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston SHHT xalqaro hamkorlik uchun ochiq bo‘lgan inklyuziv maydon bo‘lib qolishi, siyosiy qarama- qarshilikni istisno qilishi va «Shanxay ruhi» tamoyillariga sodiq qolishi kerak, degan pozitsiyaga amal qiladi.
Mamlakatimiz barcha ishtirokchilarning manfaatlariga javob beradigan muhim yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish orqali SHHTning salohiyatini namoyon qilishdan manfaatdor.
Birinchidan–SHHT makonida xavf sizlik va barqarorlikni taʼmin- lash. Zamonaviy xalqaro munosabatlar qarama-qarshiliklarning kuchayishi va mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchning pasayishi bilan tavsiflanadi. Dunyoda hali hanuz keskinlik o‘choqlari va qurolli to‘qnashuvlar saqlanib qolmoqda. Stokgolm instituti maʼlumotlariga ko‘ra, 56 ta faol mojaro mavjud bo‘lib, shulardan 7 tasi SHHT manfaatlariga o‘zi taʼsirini ko‘rsatadi.
Afg‘oniston, Suriya, Iroq va Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan xalqaro terroristik tashkilotlar mintaqadagi vaziyatni beqaror- lashtirishga intilib, katta xavf tug‘dirmoqda.
SHHT doirasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun xavfsizlik kengashlari, mudofaa vazirlari, ichki ishlar vazirlarining muntazam yig‘ilishlari va ekspertlik forumlari kabi hamkorlik mexanizmlari joriy etilgan. SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) vakolatli organlarga terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik qilishga yordam beradi. So‘nggi ikki yil ichida maxsus xizmatlar 69 ta teraktning oldini oldi, terrorchilarning 73 ta boshlang‘ich guruhini aniqladi va 13 000 dan ortiq moliyalashtirish kanallarini fosh etdi.
Shunga qaramay, zamonaviy tahdidlar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va maxsus xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali aksilterror tuzilmalarining samaradorligini oshirishni talab qiladi. Terrorchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanishiga qarshi kurashish muhim yo‘nalish sanaladi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi hamkorlik Bitimini va SHHT makonida ekstremistik mafkuraga qarshi Qo‘shma dasturni qabul qilishni tezlashtirish maqsadga muvofiqdir.