Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekiston va Serbiya qishloq xo‘jaligida strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Serbiya qishloq xo‘jaligida strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va Serbiya qishloq xo‘jaligida strategik hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev mamlakatimizda bo‘lib turgan Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaldagi hamkorlik holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tomonlar qishloq xo‘jaligi har ikki mamlakat iqtisodiyotida strategik o‘rin tutishi, shuning uchun don va moyli ekinlar va meva-rezavor mahsulotlarni yetishtirishda o‘zaro tajriba almashish, shuningdek qayta ishlash yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni yanada mustahkamlash, hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidladilar.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga IT texnologiyalarni jalb etish, aniq dehqonchilik sensorlaridan foydalanish kabi yo‘nalishlarda tajriba almashinuvini kengaytirish va o‘zaro ishonchga asoslangan muloqotni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ishchi guruh tuzish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling