Valyuta kurslari 29/10/2025
$1 – 12004.47
UZS – -0,41%
€1 – 13993.61
UZS – -0,24%
₽1 – 150.22
UZS – -1,45%
Qidirish
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat yetakchilari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami imzolandi.

Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Serbiya Respublikasi Mehnat, bandlik, faxriylar va ijtimoiy masalalar vazirligi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv Memorandumi ham imzolandi.

Hujjat quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

– xorijiy fuqarolarning qonuniy bandligini taʼminlash va huquqlarini himoya qilish ;

– noqonuniy mehnat migratsiyasining oldini olish;

– bandlik tizimidagi ilg‘or tajribalar bilan o‘zaro almashish.

Shuningdek, kelishuv doirasida ikki mamlakat mutaxassislari mehnat migratsiyasiga oid qonunchilikni monitoring qilish, maʼlumot almashish va qo‘shma maslahatlashuvlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi.

Tomonlar o‘zbekistonlik fuqarolarni Serbiyada ishga qabul qilish tartibini muvofiqlashtirish uchun alohida texnik bayonnoma ishlab chiqishni ham rejalashtirgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling