Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O'zbekiston va Saudiya Arabistonining Asir hududi qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va turizm sohalarida hamkorlik qiladi

O'zbekiston va Saudiya Arabistonining Asir hududi qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va turizm sohalarida hamkorlik qiladi

O'zbekiston va Saudiya Arabistonining Asir hududi qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish va turizm sohalarida hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston diplomatlari Saudiya Arabistonining Asir hududi hokimi shahzoda Turkiy bin Talol Ol Saud bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat davomida O'zbekiston – Saudiya Arabistoni o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, hududlararo sheriklikni mustahkamlash, turizm, iqtisodiyot va investitsiya jabhalarida birgalikda ishlash istiqbollari muhokama qilindi.

Asir hududi hokimi so'nggi yillarda O'zbekiston xalqaro maydonda o'z nufuzini mustahkamlab borayotgani, barcha sohalarda erishayotgan yutuqlari dunyo nigohida ekanini va xalqaro tadbirlarni qabul qiluvchi muhim maydonga aylanganini ta'kidladi.

"O'zbekiston islom tamadduniga ulkan hissa qo'shgan ulamolar yurti, dedi u. – Bugun kunda mamlakatingizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar muqaddas dinimiz rivojiga xizmat qilmoqda".

Uchrashuvda turizm sohasi hamkorlikning muhim yo'nalishi sifatida qayd etildi. Xususan, O'zbekiston hukumati tomonidan Saudiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz kirish tizimi joriy etilgani qo'llab-quvvatlandi.  

O'zbekiston viloyatlari va Asir hududi o'rtasida qishloq xo'jaligi, tekstil, xizmat ko'rsatish, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling