Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida sarmoya va infratuzilma bo‘yicha 10 ta yangi ikki tomonlama bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida sarmoya va infratuzilma bo‘yicha 10 ta yangi ikki tomonlama bitimlar imzolandi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida sarmoya va infratuzilma bo‘yicha 10 ta yangi ikki tomonlama bitimlar imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabiston Podshohligi oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiyaning 7-yig'lishi hamda Tadbirkorlar kengashining 6-yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih hamraisligida oʻtkazildi. Uchrashuvlarda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari Shoxrux Gulamov ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishlarda ikki davlatning davlat organlari va ishbilarmon doiralaridan 70 dan ortiq vakillar, jumladan, Acwa Power, Al Muhaidib Group, Vision Invest, Al Arkkan, Data Volt, Riyadh Cables, Saudi Tabreed, AlBawani Holding, Miahona kabi yirik kompaniyalar qatnashdi.

Muzokaralar yakunida energetika va qayta tiklanuvchi energiya manbalari, turizm, transport va logistika, axborot texnologiyalari, infratuzilmaviy qurilish, uy-joy-kommunal va suv xo‘jaligi sohalarida 10 ta ikki tomonlama hujjat va loyiha imzolandi.

2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 142,4 million dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida bu ko‘rsatkich 111,5 million dollarga yetdi. Hozirda O‘zbekistonda saudiyalik kapital ishtirokidagi 27 ta korxona faoliyat yuritmoqda, umumiy qiymati 27,2 milliard dollarga teng 56 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda, shundan 2025-yilda 900 million dollar o‘zlashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling