Valyuta kurslari 02/12/2025
$1 – 11895.57
UZS – -0,38%
€1 – 13826.22
UZS – 0,08%
₽1 – 152.98
UZS – 0,2%
Qidirish
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida mehnat migratsiyasi bo‘yicha yangi hamkorlik kelishuvi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi va Saudiya Arabistonining “Health Resources Company” HRCO kompaniyasi o‘rtasida muhim Kelishuv imzolandi.

Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan bu kelishuvning maqsadi — Saudiya Arabistonida o‘rta tibbiyot xodimi sifatida ishlash istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni ushbu mamlakatga qonuniy, xavfsiz va shaffof tartibda ishga joylashtirishdan iborat.

HRCO (Health Resources Company) — Saudiya Arabistonining sog‘liqni saqlash tizimini markazlashgan tarzda boshqarish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar doirasida tashkil etilgan muhim tashkilotdir. Kompaniya — HR (inson resurslari) operatori sifatida, mamlakatdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari uchun yagona kadrlar siyosatini ishlab chiqish va boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Migratsiya agentligi eʼlonlariga ko‘ra Saudiyada ishlash istagini bildirib ariza qoldirgan 887 nafar nomzodlardan suhbatga tayyor deb baholanganlar uchun ish beruvchilar ishtirokidagi tanlovlar ham boshlandi.

Yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish maqsadida bunday suhbatlar joriy yil 3-4 dekabr kunlari Andijon shahrida ham bo‘lib o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling