Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
O‘zbekiston 12/06/2025 O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Rossiya yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muvofiqlashtirilgan choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi faol almashinuvlar va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyada madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling