Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Rossiya raqobat siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya raqobat siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya raqobat siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi Rossiya Federatsiyasining Federal antimonopoliya xizmati o‘quv-metodik markazi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

Memorandumning eng dolzarb bandlaridan biri — rossiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish orqali Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun kartellarni aniqlash va ustun mavqe belgilanadigan holatlarni tahlil qilish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlarni tashkil etishdir.

Bu tashabbus nafaqat xalqaro tajriba almashinuvi, balki O‘zbekistonning milliy raqobat siyosatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish, ichki bozorlarning shaffofligi va raqobatbardoshligini mustahkamlash uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida Tadqiqotlar markazi direktori O.Jumayev va Federal antimonopoliya xizmati o‘quv-metodik markazi direktori A.Minnaxmetov hamkorlik memorandumini imzoladilar. Ushbu kelishuv kartellarga qarshi kurashish, raqobat muhitini yaxshilash hamda milliy va xalqaro tajribani uyg‘unlashtirishda strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi bilan ahamiyatlidir.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling